Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/May/2022   "Dunyo" AA reportaji

Namanganda 61-xalqaro gullar festivali boshlandi

 NAMANGAN, 22-may. /“Dunyo” AA/. Bugun tongda Namanganda anʼanaviy gullar bayrami yorqin bezatilgan avtomobillar paradi bilan boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri voqea joyidan.


Naqsh ko‘rinishidagi rang-barang gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq yengil avtomobil va mototsikllar viloyat markazi ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi.

Xalqaro festival doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘idagi 8 gektar maydonda mamlakatimiz viloyatlari, shuningdek, 22 ta xorijiy davlatdan 250 nafar gul ustasi, ikebana sanʼati vakillari, landshaft dizaynerlari ishtirok etib, gulchilik sanʼatini namoyish etadi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, festivalga tayyorgarlik doirasida 300 turdagi 16 million dona gul ekilgan.

Festival yakuniga ko‘ra, kompaniya va floristlar 12 nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Namangandagi gullar bayrami 1961 yildan buyon o‘tkazib kelinadi va har bir o‘zbekistonlik uchun mavjud o‘simliklarning rang-barangligi va gul madaniyatini aks ettiruvchi ulug‘vor tadbirdir.

Festival 5 iyunga qadar davom etadi.

 

Mavzuga oid

Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festival...

Buxorodagi birinchi Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali doirasida «Bukhara fashion d...

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida «Alloma...

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasida «Allomalar portretlari» ko‘rgazmasi ochilish maros...

“EKSPO 2020 Dubay” Butunjahon ko‘rgazmas...

“EKSPO 2020 Dubay” Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida mamlakatimiz tarixi, zamonaviy taraqqi...

So`nggi yangiliklar