Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2021   Dolzarb

Moliya vazirligi vakillari global videokonferensiyada ishtirok etdi

TOSHKENT, 24-yanvar. / «Dunyo» AA/. O‘zbekiston moliya vazirligi tomonidan «Raiffeisen Bank International» bilan hamkorlikda 30 ga yaqin xalqaro investor ishtirokida global videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri vazirlik axborot xizmati ma’lumotiga tayanib.


Xalqaro investorlar mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichlari, kutilayotgan iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli omillari, fiskal siyosat va davlat qarzi, monetar siyosat instrumentlari va ularning inflyatsiyaga ta’siri yuzasidan ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Xususan, koronavirus pandemiyasi tufayli jahon iqtisodiyotida vujudga kelgan vaziyat va qator davlatlarda iqtisodiy o‘sishning salbiy sur’atlari kuzatilayotgan vaziyatda O‘zbekistonda dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1,6% darajasidagi iqtisodiy o‘sishga erishilgani investorlar tomonidan ijobiy e’tirof etildi.

Shuningdek, milliy valyutada joylashtirilgan xalqaro obligatsiyalardan tushgan mablag‘larning O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha qator loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi, loyihalarni amalga oshirish jarayoni xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda monitoring qilib borilishi va kelajakda mazkur amaliyotni boshqa investitsion loyihalarga keng joriy qilinishi rejalashtirilgani investorlar tomonidan yuqori baholandi.

Telekonferensiya davomida mamlakatimizda olib borilayotgan xususiylashtirish, tarkibiy va institutsional islohotlar dasturini davom ettirilishi, 2021 yilgi moliyaviy rejalar va monetar siyosat bo‘yicha asosiy rejalar va maqsadli ko‘rsatkichlar yuzasidan xalqaro investorlar savollariga javob berildi.

 

Mavzuga oid

Kirish imtihonlarida eng yuqori bal to‘p...

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan kecha imzolangan «Respublika oliy taʼlim muassasalariga ...

“Van de Vil” kompaniyasi direktori: Sama...

“O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ benefitsiariga aylangani to‘g‘risidagi xabar bizni ...

O‘zbekiston Prezidentining Toshkent xal...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib...

So`nggi yangiliklar