Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2023   Hamkorlik

Jiddadagi buxoriylar diasporasining faol xotin-qizlari bilan hamkorlikda sumalak tayyorlandi

JIDDA, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/.  Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi Jiddadagi buxoriylar diasporasi faol xotin-qizlari bilan birgalikda sumalak  tayyorlash marosimini tashkil qildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Sadiya Arabistonida turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan faol o‘zbek ayollari, xususan Podshoh Abdulaziz nomidagi universitet va «Ummul Quro» universitetining professorlari, O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi xodimlarining oila aʼzolari qatnashdi.

Sumalak bazmi ishtirokchilariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, taʼlim sohasidagi o‘zgarishlar, mamlakatimizning iqtisodiy va turistik salohiyati hamda milliy bayramlarimiz, o‘zbek milliy taomlari, xususan sumalak pishirish  jarayoni haqida batafsil maʼlumot berildi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab Saudiya Arabistoni fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz borishi mumkinligi taʼkidlandi.

O‘z navbatida, buxoriylar diasporasi vakillari joriy yil 22 yanvar kuni Jidda shahrida o‘tkazilgan Birinchi islom sanʼati biyennalesining ochilish marosimida O‘zbekistondan yuqori darajadagi delegatsiyaning ishtirokini yuqori baholadi.

Ularning aytishicha, joriy yil 23 yanvardan 23 aprelgacha uch oy davomida Birinchi islom sanʼati biyennalesida O‘zbekiston tarixiy merosining namoyish etilayotgani eʼtiborga sazovor voqea bo‘ldi.

Buxoriylar diasporasi vakillari O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ayollarning o‘rni alohida eʼtiborga loyiq ekanligini taʼkidlab, respublikada xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida qayd etdi.

Mavzuga oid

Farg‘onadagi Koreya xalqaro universiteti...

Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida yangi o‘quv-amaliyot binosi foydalanishg...

BAAdagi nufuzli xalqaro kompaniya O‘zbek...

Mamlakatimiz elchixonada “Capton energy” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘t...

O‘zbekiston delegatsiyasi Venada YEXHTni...

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasining (YEXHT PA) Vena sh...

So`nggi yangiliklar