Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Sentabr/2021   Vatandoshlarimiz

Janubiy Koreyaning Pochon shahrida vatandoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi


SEUL, 6-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi hamda Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi bilan hamkorlikda Pochon shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston qonunchiligida, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz berayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, xususan, davlatimiz rahbarining chet eldagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan so‘nggi farmon va qarorlari, xususan, joriy yilning 11 avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida» gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, saylovlar yangi meʼyor va tartib-qoidalar asosida tashkil etilishi aytildi.

Joriy yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan muhim siyosiy tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni va unda Janubiy Koreyadagi fuqarolarimizning ishtiroki uchun yaratiladigan sharoitlar haqida ham so‘z yuritildi.

Yurtdoshlarimiz bo‘lajak tadbirning juda muhimligini eʼtirof etib, ushbu siyosiy voqeada faol ishtirok etishini bildirdi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari yangi tashkil etilgan Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi faoliyati, uyushma aʼzoligiga kirish tartibi va fuqarolar uchun imtiyozlar to‘g‘risida maʼlumotlar bilan tanishtirildi.

Tadbirda vatandoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

Mavzuga oid

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Kamchatka o‘lkasida bo‘ldi. O‘lka mutasaddilari v...

Germaniyadan munosabat: «Vatandoshlar» j...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «Vatandoshlar» jamoat fondini t...

Tailanddan munosabat: Mamlakatimizda «Va...

«Biz, Tailanddagi o‘zbekistonliklar mamlakatimiz Prezidenti qarori bilan «Vatandoshlar» ja...

So`nggi yangiliklar