Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Janubiy Koreya rasmiy idoralari vakillari bilan mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi

 SEUL. 20 may. /Dunyo AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi vakillari Koreya Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Immigratsiya xizmati masʼul xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar bermokda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi mehnat resurslarining salohiyati to‘g‘risida, xususan, mamlakatimizda joriy etilgan yangi xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi haqida maʼlumot taqdim etildi.

Muzokaralarda Janubiy Koreya korxonalarida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan taʼminlash, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida vaqtinchalik mavsumiy ishlarga yurtdoshlarimizni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Koreya Respublikasi hududida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari tomonidan qonunchilik talablarini buzish holatlarining oldini olish bo‘yicha hamkorlik bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda Janubiy Koreya vakillari o‘zbekistonliklarni Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha mamlakatga kirishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi vakillari Koreya Respublikasining Ulsan shahrida ush...

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi ma...

Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida Islom sivilizatsiyasi markazi direkto...

YUNESKODA o‘zbek xalqining choy ichish ...

25 may kuni Fransiya poytaxtida joylashgan YUNESKO qarorgohida 21 may - Xalqaro choy kuni ...

So`nggi yangiliklar