Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Janubiy Koreya matbuoti mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida yozmoqda

 SEUL, 28 may. /“Dunyo” AA/.  Janubiy Koreya matbuoti mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida yozmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, mamlakatdagi yetakchi nashrlardan biri sanalgan «The Korea Post» jurnali o‘zining rasmiy saytida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolangani haqida xabar tarqatdi.

Hujjatga ko‘ra, 1 iyundan boshlab oliy va birinchi toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshi 15 foizga, ikkinchi toifali va toifasi yo‘q xodimlarning maoshi 10 foizga oshiriladi. Alohida natijalarga erishgan soha vakillariga 100 foizgacha, yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha oylik ustama to‘lanishi taʼkidlangan.

Endilikda barcha tibbiyot xodimlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi. Ular yilda bir marta teatr va konsert tomoshalariga bepul olib boriladi.

Tibbiyot muassasalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglar lavozim maoshining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama joriy etiladi.

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab, davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga ularning tibbiyot sohasidagi ilmni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi, deb yozadi «The Korea Post».

Mavzuga oid

O‘mon nashri O‘zbekiston va Misr munosa...

O‘mon «Asdaa Oman» gazetasida nashr bosh muharriri Ali al-Hasaniy qalamiga mansub «O‘zbeki...

Janubiy Koreya matbuoti: O‘zbekiston Pre...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligida...

«Masche» jurnali: O‘zbekiston jahonning ...

Germaniya trikotaj va kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasining «Masc...

So`nggi yangiliklar