Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Yanvar/2023   Iqtisodiy diplomatiya

Ispaniya Savdo-sanoat palatasi bilan iqtiqboldagi tadbirlar kun tartibi muhokama qilindi

MADRID, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining Ispaniya Savdo-sanoat palatasi xalqaro departamenti boshlig‘i Xayme Montalvo bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida  savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik masalalari, shu jumladan, joriy yil mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma biznes-forumda palata rahbariyati va aʼzolarining ishtirokini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tadbirda Ispaniyaning o‘ttizga yaqin yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilayotgani maʼlum qilindi. Tadbirda qator ikki tomonlama investitsiya loyihalari va eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. Jumladan, temir yo‘l, qishloq xo‘jaligi, suvtejamkor sug‘orish texnologiyalari, shamol energetikasi, to‘qimachilik, charm sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikda qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Bo‘lajak biznes-forumda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligida tadbirkorlarning ishtirok etishga katta qiziqishi mavjudligi va puxta tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani maʼlum qilindi.   

Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur biznes-forumni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi.

Mavzuga oid

ITSV: Yaponiya xalqaro hamkorlik banki O...

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Bosh vaziri...

O‘zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik s...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Guanchjou shahrida o‘tkazilgan «2022 DASHIHUI Internationa...

"Navoiazot" ishlab chiqarishni kengaytir...

Xabar qilinishicha, qurilmaning loyihaviy quvvati yiliga 500 ming tonna azot kislotasi ish...

So`nggi yangiliklar