Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Iqtisodiyot

Iqtisodiy diplomatiya: yangi bozorlar va yangi hamkorlar

ANQARA, 2 fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi tomonidan Turkiya viloyatlariga savdo-iqtisodiy missiyalarining amalga oshirilishi davomida yangidan-yangi bozorlar va hamkorlar topish maqsadiga yo‘naltirilgan jadal ishlar olib borilayotir,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, Turkiyaning muhim sanoat hududlaridan biri -  Yozgat viloyati Savdo-sanoat palatasi vakillari, yirik ishlab chiqaruvchilari va biznes vakillari bilan konstruktiv muloqotlar hamda davra suhbatlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar davomida turkiyalik hamkorlarga O‘zbekistonning investitsiya jozibadorligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar yetkazildi. Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan hukumat darajasidagi chora-tadbirlar, yaratilgan qulay shart-sharoitlar ular o‘rtasida keng targ‘ib qilindi.

Davra suhbatlari davomida mamlakatimizning eksport imkoniyatlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilari va xalqaro transport-logistika salohiyatiga doir masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.

Turkiyaning Yozgat viloyati yirik sanoat hududi bo‘lib, o‘z savdo imkoniyatlari va ishlab chiqarish ko‘lami bilan O‘zbekiston savdo aloqalari uchun yangi nuqta hisoblaknadi. Mazkur viloyatdagi “Garanti” va “Sidas” kompaniyalari bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan konstruktiv aloqalar o‘rnatildi. Korxonalarning sanoat klasteri tajribasi o‘rganildi. O‘zbek kompaniyalari bilan hamkorlik qilish uchun dastlabki asos yaratildi.

Bo‘lib o‘tkazilgan uchrashuvlarda turk tadbirkorlarining O‘zbekistonga tashriflari, xususan, Toshkent investitsiya forumi, mamlakatimizda o‘tkaziladigan yirik ko‘rgazmalarda ishtiroki yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid

Yilning birinchi yarmida savdo xizmatlar...

Joriy yil yanvar-iyun oylari mobaynida O‘zbekistonda savdo xizmatlarini ko‘rsatish hajm...

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalarida...

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 fevraldagi “2017-2021 yillarda elektrotexnika sanoatini...

O‘zbekiston va Tojikiston investitsiyavi...

S.Umurzoqov Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Ibrohim bilan videokonferens...

So`nggi yangiliklar