Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Yanvar/2022   Ilm-fan

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan Hamkorlik memorandumini imzoladi

LONDON, 15 yanvar. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (IMXITM) va Oksford islom tadqiqotlari markazi (OITM) o‘rtasida Hamkorlik memorandumni imzolash bo‘yicha onlayn-marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maqsudov, ilmiy kotibi Aziz Tojiyev, Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy, direktor o‘rinbosari Richard Veyers, stipendiya dasturlari koordinatori Talal Al-Azam va boshqalar qatnashdi.

Farhan Nizomiyning taʼkidlashicha, O‘zbekiston boy maʼnaviy, madaniy va ilmiy merosga ega, o‘zbek zaminining buyuk allomalari va mutafakkirlari islom sivilizatsiyasi va jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Shu munosabat bilan Oksford islom tadqiqotlari markazi uchun O‘zbekistonning ixtisoslashgan muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot va sheriklik aloqalarini rivojlantirish ustuvor vazifa ekani alohida taʼkidlandi.

Davronbek Maqsudov Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkir va allomalarning ilmiy merosini o‘rganish va ommalashtirishda har ikki markazning maqsad va vazifalari o‘xshashligini, bu yo‘nalishda tajriba va bilim almashish zarurligini taʼkidladi.

Uchrashuvda Memorandum bandlarini amaliyotga jadal tadbiq etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar, xususan, qo‘shma ilmiy seminarlar tashkil etish, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchilarini Oksford islom tadqiqotlari markaziga stajirovkaga yuborish, nodir qo‘lyozmalarning faksimil nusxalarini olish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

 Joriy yil may oyida Imom Moturidiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan 2-xalqaro onlayn-simpoziumga Oksford markazi vakillari taklif etildi.

Oksford islom tadqiqotlari markazi 1985 yil islom va musulmon dunyosi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. O‘zbekistonlik tadqiqotchilar ushbu markazda Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomidagi maxsus stipendiya dasturlari doirasida muntazam malaka oshirib kelmoqda.

Mavzuga oid

Xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovr...

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o...

O‘zbekiston tarixida birinchi elektron d...

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bakal...

Joriy yilda Prezident maktablariga qabul...

Pandemiya sababli joriy yilda Prezident maktablariga qabul imtihonlari o‘tkazilmasligi maʼ...

So`nggi yangiliklar