Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Mart/2022   Jamiyat

Germaniyadan tabrik: Tinch va osoyishta yurtga bayramlar yarashadi

 BERLIN, 22-mart. /“Dunyo” AA/. Xalqimizning go‘zal bayrami Navro‘z nafaqat O‘zbekistnda, balki xorijdagi vatandoshlarimiz tomonidan ham keng nishonlanmoqda. Kecha Navro‘z  ayyomiga bag‘ishlangan anashunday  tadbirlardan biri  Germaniya poytaxti Berlinda o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi binosida “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bayram  tadbirda Germaniya va Chexiyaning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandosh-talabalar, shuningdek, ushbu davlatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz hamda o‘zbek madaniyatiga ixlosmand bo‘lgan boshqa millat vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston sanʼat ustalari tomonidan taqdim etilgan  milliy kuy va qo‘shiqlar va boshqa  quvnoq ko‘ngilochar musobaqalar tadbirga yana-da fayz bag‘ishladi. Turli noz-neʼmatlar bilan limmo-lim bayramona yoyilgan dasturxon atrofida yig‘ilgan keksayu yoshlar tansiq bahoriy taomlar bilan birga o‘zbek milliy pazandachiligining ko‘rki bo‘lgan palovdan ham tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir ishtirokchilari Navruz ayyomi munosabati bilan  O‘zbekiston xalqiga o‘z tabriklarini yo‘lladilar.

Komil Hakimov, Berlin texnika universtiteti talabasi:

– Men O‘zbekistonning Samarqand viloyatidanman. Berlinda bir necha yildan buyon yashayman. Bu yerda juda ko‘p vatandoshlarimiz yashab, faoliyat yuritishadi. Biz birgalikda elchixonamizda tashkil etiladigan turli tadbirlarda faol qatnashib kelamiz. Navro‘z bayramini ham shunday hamjihatlikda, o‘zbekona ruh va muhitda nishonlayapmiz. Bugun Germaniyadagi o‘zbekistonlik yoshlarga milliy musiqamiz, milliy taomlarimiz bilan bahor bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash imkoniyati berilganidan xursandmiz.

Men va men kabi chet elda yashab, o‘qiyotgan o‘zbek yoshlari davlatimiz rahbarining bizga yaratib berayotgan keng imkoniyatlari, hukumatimizning so‘ngi paytlarda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohatlarini kuzatib, xursand bo‘layapmiz. Bu islohotlarda bevosita ishtirok etishga, yurtimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shishga biz ham bel bog‘laganmiz. Shu maqsadda, Germaniyadagi o‘zbek yoshlari birlashib, yangi inovatsion g‘oyalar ustida ishlayapmiz. G‘arb va dunyoning boshqa ilg‘or davlatlari tajribalarini, yangi innovsion g‘oyalarini O‘zbekistonga olib kirsak, xalqimiz va davlatimiz ravnaqi uchun foydali bo‘lishi mumkinligi xususida izlanishlar olib borayapmiz. Bu yaqin kelajakda o‘z samarasini berishiga ishonchim komil.

Fursatdan foydalanib, bugungi tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Germaniya va dunyoning boshqa o‘lkalarida yashayotgan barcha vatandoshlarimizni Navruz ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz.

Nigora Abdumalikova, Drezden texnika universiti aspiranti:

– Chet elda o‘qishdan asosiy maqsadimiz, ilm olib, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishdan iboratdir.

Dunyoning ko‘p joylarida notinchlik va to‘qnashuvlar davom etayotgan bir paytda, shukurki O‘zbekistonimiz tinch, osoyishta.

 Bayramlarni shodu-xurramlik bilan o‘tkazishimiz uchun esa tinchlikni qadriga yetishimiz kerak. Germaniyaga o‘qish va ishlash uchun kelayotgan vatandoshlarimizni o‘zimiz qo‘llashimiz, ularga millatimiz shaʼniga dog‘ tushurmasliklari uchun kerakli masahatlar berib, to‘g‘ri yo‘lga solishimiz kerak.

Agar biz ularga o‘z vaqtida tayanch va turtki bo‘lolmasak, din niqobidagi yovuz kuchlar yoshlarimizga o‘z taʼsirini o‘tkazishi mumkin. Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, kasalni davolashdan ko‘ra, uning oldini olgan afzalroqdir. Xususan, bugungi tadbir davomida ham ushbu yo‘nalishda barchamiz birgalikda ish olib borishga va bir-birimizga ko‘maklashishga kelishib oldik.

Fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etaman!

Mavzuga oid

Afg‘oniston elchisi Qurbon hayiti munosa...

31 iyul – Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elc...

16-22 sentyabr kunlari O‘zbekistonda Yev...

16-22 sentyabr kunlari O‘zbekistonda Yevropa harakatlanish haftaligi o‘tkaziladi,

SEAMO-2020 xalqaro matematika olimpiadas...

Joriy yil o‘tkazilgan SEAMO-2020 xalqaro matematika olimpiadasida 16 ming nafardan ortiq o...

So`nggi yangiliklar