16/Mart/2020 COVID-19
BERLIN, 16 mart. /«Dunyo» АА/. Bugungi kunda yangi turdagi koronavirus global ahamiyat kasb etib bormoqda. Аna shunday vaziyatda mamlakatimiz fuqarolarini Oʼzbekiston ichkarisida va tashqarisida ishonchli himoya qilish va ularga koʼmak koʼrsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinyapti, deb xabar bermoqda “Dunyo” АА muxbiri.
Xususan, Oʼzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi mazkur vaziyatda ushbu davlatda boʼlib turgan fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada boʼlib turibdi. Kuni kecha Oʼzbekistonning Berlindagi elchixonasi va Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulligi, diplomatik vakolatxonalari ushbu mamlakatda boʼlib turgan Oʼzbekiston fuqarolariga murojaat yoʼlladi.
Unda vatanga qaytish istagida boʼlgan fuqarolarning mamlakatimizga kirishi taqiqlanmagani, buning uchun charter reyslarni tashkil qilish imkoniyatlari koʼrib chiqilayotgani maʼlum qilindi.
Аyni paytda Frankfurt-Mayn shahridan charter reyslarni tashkil qilish uchun maʼlumotlar yigʼish boshlangan. Oʼzbekistonga chiptalarni sotib olgan fuqarolar elchixona va konsullikning elektron pochtalari (bоtschaft@uzbekistan.de va konsulat@uzbekistan.de) orqali bogʼlanib, quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishlari soʼraladi:
1. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi;
2. Hozirgi joylashuv maʼlumotlari;
3. «Uzbekistan Airways» ning Toshkent shahriga parvozi uchun mavjud chipta nusxasi (mavjud boʼlsa).
Bosh konsullik bilan bogʼlanish uchun telefon raqamlar:
1. S.Kamilov – konsul (Elchixona).
Tel.: +49 (30) 394 098 – 17;
2. M.Аzimov – birinchi kotib (Turistik kompaniyalar uchun)
Tel.: +49 (30) 394 098 – 13;
3. Sh.Gulomov – attashe
Tel.: +49 (30) 394 098 – 30;
4. N.Mamajanov – konsul (Frankfurt-Mayndagi bosh konsul)
Tel.: +49 173 888 73 72;
5. «Uzbekistan Airways» kompaniyasining Frankfurt-Mayndagi vakolatxonasi.
Tel.: +49 172 699 34 04
Tel.: +49 172 699 34 02
Tel.: +49 172 699 34 01