Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Oktabr/2021   Ta'lim

Fransuz hamkorlar bilan taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi


 PARIJ, 8 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Fansiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev “AGIRabcd” tashkilotining Yevropa va Osiyo mamlakatlari bo‘yicha rahbari Lyuk Solen bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan hamkorlikda fransuz tili mutaxassislarini yurtimizning ixtisoslashtirilgan maktablariga jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Lyuk Solen bu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini maʼlum qildi. U, shuningdek, mamlakatimizdagi fransuz tili o‘qituvchilarini kasb malakasini oshirish maqsadlariga fransiyalik ekspertlarni jalb qilish taklifini bildirdi. Istiqbolda fizika, matematika, biologiya va boshqa fanlar o‘qituvchilari uchun ham bunday sharoit yaratish mumkinligi taʼkidlandi.  

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida Prezident, ixtisoslashgan va ijod maktablari agentligi hamda “AGIRabcd” tashkiloti vakillari o‘rtasida videomuloqot uyushtirishga kelishib olindi.

“AGIRabcd” nodavlat tashkiloti 1983 yilda tashkil etilgan. Turli sohalar, jumladan, taʼlim, tibbiyot, iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda ko‘ngillilarni xorijiy davlatlarga amaliy yordam berish uchun yo‘naltiradi.

Mavzuga oid

Moturidiyshunos olimlar xalqaro ilmiy ha...

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot mar...

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 627-yilligi...

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 627-yilligi munosabati bilan «Ulug‘bek izdoshlari» olimpiadas...

Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari xalqaro ...

Dunyodagi eng yirik biznes taʼlimi alyansi xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjon...

So`nggi yangiliklar