07/Sentabr/2021 "Dunyo" AA reportaji
TOSHKENT, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilar tantanali kutib olindi. Toshkent aeroportida boshlangan tantanalar «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida yarim tunga qadar davom etdi.
“Dunyo” AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov ushbu matonatli sportchilarni kutib olish, ularga O‘zbekiston Prezidenti nomidan avtomobil va Toshkent shahridagi xonadonlar kalitlarini topshirish marosimining eng hayajonli lahzalarini suratlarga muhrladi.
Quyida ushbu tadbir haqidagi suratlar turkumi eʼtiboringizga havola etilmoqda.