Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Erondan munosabat: Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgilardir

TEHRON, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Madaniyat instituti (IHT) elektron portalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Maqolada O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilingan sana va uni qabul qilish tarixiga eʼtibor qaratilgan.

“Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgilardir. Ular hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki ramzlar xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan. Vatanning yorqin timsollaridir”, deb yozadi IHT axborot resursi.

Xususan, O‘zbekiston gerbida o‘z ifodasini topgan jannatmonand diyor husn-tarovatiga ishora etuvchi manzaralardan tortib, daryo, bug‘doy boshog‘i, g‘o‘za va paxta chanoqlari o‘zbek xalqining tinchlik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlari ifodasi, quyosh, yarim oy, yulduz – jamiyat jipsligi belgisi, shuningdek, omad, himmat, olijanoblik, erksevarlik va fidoyilik ramzi bo‘lgan afsonaviy Humo qushi – bularning barchasi ushbu millatning va xalqning hayoti, tarixi, ruhiyati va anʼanalari bilan chambarchas bog‘liq timsollardir, deya davlatimiz ramziga taʼrif beriladi maqolada.

Nashrning taʼkidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qog‘oz va tanga pullarda, qimmatli qog‘ozlar va fuqarolik pasportida, shuningdek, qonunda belgilangan boshqa hujjatlarda aks ettirilgan.

Davlat ramzlari azaldan muqaddas sanalgan. Bir so‘z bilan aytganda, davlat gerbi o‘zbek xalqining o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir, deya yakunlanadi IHT elektron portalida eʼlon qilingan maqola.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya matbuoti: O‘zbekiston Pre...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligida...

O‘zbekistonning qiynoqlarni oldini olish...

Latviyaning «Press.lv» portali saytida «Qiynoqlarni oldini olishning milliy profilaktika m...

O'zbekistonda charm-poyabzal sanoati riv...

«Germany Trade & Invest» (GTAI) agentligi saytida mamlakatimizdagi iqtisodiy o'zgarishlar...

So`nggi yangiliklar