Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Sentabr/2021   Vatandoshlarimiz

Elchixonaning «Oltin daftar»iga kiritilgan vatandoshimiz Samarqand shahrida investitsiya loyihasini amalga oshirishga kirishdi


SEUL, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan «Oltin daftar»ga kiritilgan Janubiy Koreyada faoliyat ko‘rsatadigan yurtdoshimiz Farruh Abdullayev Samarqand shahrida o‘zining investitsiya loyihasini amalga oshirishga kirishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi «Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida elchixona tomonidan ushbu davlatda mehnat faoliyatini olib borayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan vatandoshlarimiz bilan muntazam ravishda muloqotlar o‘tkazilmoqda. Natijada chet elda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz orasidan O‘zbekistonda o‘zining investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda.

Jumladan, Janubiy Koreyada tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshimiz Farruh Abdullayev 50 ming dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish orqali Samarqand shahrida supermarket, dorixona va aholiga 24 soat xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etishga kirishdi.

Ushbu majmua Samarqand shahrining “Kimyogarlar” mavzesi hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joy binosining birinchi qavatida joylashishi nazarda tutilgan. Vatandoshimiz rejasiga ko‘ra, Janubiy Koreya tajribasi asosida qurilayotgan ushbu loyiha aholiga yuqori darajali xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish imkoniyatini beradi.

Ayni paytda uy-joy binosi tarkibiga kiruvchi ushbu majmuaning loyiha xujjatlari to‘liq tasdiqlangan va tashabbuskor Farruh Abdullayev tomonidan  binoning tegishli qismida qurilish ishlari boshlab yuborilgan. 2022 yil yanvar oyida qurilish ishlarini to‘liq yakunlash va majmuani foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Suhbat chog‘ida F.Abdullayev ushbu majmuani tashkil etib, yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish, kamida 5 kishini ish bilan taʼminlash va mahalliy aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar taqdim etish orqali Vatanimiz ravnaqiga o‘zining hissasini qo‘shishni asosiy maqsad qilib qo‘yganini bildirdi. Yurtdoshimiz kelajakda loyihani yana-da kengaytirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimizning yurtimizdagi tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va ular tomonidan taklif etilgan loyihalarni amalga oshirishni taʼminlash maqsadida elchixona, mahalliy hokimiyatlar va tadbirkor yurtdoshlarimiz o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni muntazam ravishda olib borish ishlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid

Tailanddan munosabat: Mamlakatimizda «Va...

«Biz, Tailanddagi o‘zbekistonliklar mamlakatimiz Prezidenti qarori bilan «Vatandoshlar» ja...

Turkiyada uch kunlik komendantlik soati ...

Koronavirus pandemiyasi tarqalishini olish maqsadida Turkiyada bugun, 22 aprel soat 19:00 ...

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaat...

O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi va O‘zbekiston Yoshlar umumjahon asotsi...

So`nggi yangiliklar