29/Iyun/2022 COVID-19
TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Seshanba kuni O‘zbekistonda 98 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 240 ming 667 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Eng ko‘p kasallanish holatlari poytaxtimizda (24), Farg‘ona viloyati (11) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9) qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 54 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.
Ayni paytda 1035 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.