20/May/2022 COVID-19
TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. Payshanba kuni O‘zbekistonda 13 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 238 ming 868 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yangi kasallanish holatlari mamlakatimiz poytaxtida (11) va Toshkent viloyatida (2) qayd etilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 21 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.
Ayni paytda mamlakatimizda koronavirusga chalingan 124 nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda.