24/May/2022 COVID-19
TOSHKENT, 24 may. /“Dunyo” AA/. Dushanba kuni O‘zbekistonda 5 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 238945 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi mamlakatimiz poytaxtida qayd etilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 7 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.
Ayni paytda 140 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.