Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Yanvar/2022   Sayyohlik

Buyuk Britaniyadan munosabat: Samarqand shahrida yangi xalqaro aeroportning ochilishi ushbu qadimiy shaharni sayyohlar uchun yana-da jozibali maskanga aylantirdi

 LONDON, 8 yanvar. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning yetakchi «The Evening Standards» gazetasi sahifasida «2022 yilda sayyohlik uchun ro‘yxat» sarlavhali maqola bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda O‘zbekiston «sarguzasht sayyohligi» yo‘nalishida borishga tavsiya etilgan eng muhim mamlakatlar ro‘yxatidan joy olgan.

O‘zbekiston elchixonasidan taqdim etilgan maʼlumotga qaraganda,  maqolada 2021 yilning dekabr oyida Samarqand shahrida ishga turishilgan yangi xalqaro aeroport ushbu qadimiy  kentni xorijiy sayyohlar uchun yana-da jozibali maskanga aylantirgani alohida qayd etilgan. «Sayyohlarga qulayliklar yaratish, mamlakatda tezyurar poyezdlar tarmog‘ining kengayishi hisobidan poytaxt bilan Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar o‘rtasida tezkor aloqani taʼminlash imkonini yaratdi», - deb yozadi nashr.

 Maqolada muhtasham sharoitlarni xush ko‘ruvchi sayyohlarga Toshkentdagi «Hyatt Regency» kabi hashamatli mehmonxonalarda dam olishi, arxitektura va madaniyat muxlislari esa yaqinda yaponiyalik mashhur meʼmor Tadao Ando boshchiligida barpo etilgan Davlat sanʼat muzeyiga tashrif buyurishi mumkinligi haqidagi maʼlumotlar ham o‘z ifodasini topgan. «Poytaxt yaqinidagi Chotqol tog‘ tizmalarida “Amirsoy” chang‘i kurorti mavjud bo‘lib, u qishki sport turlari ishqibozlari uchun mashhur joyga aylanib qolgan», - deyiladi maqolada.

Shuningdek, «The Evening Standards» gazetasi joriy yilda Italiya, Ispaniya, Irlandiya, Polsha, AQSH, Ruanda va Shri-Lanka bo‘ylab sayohat qilishga doir o‘z takliflarini ham o‘quvchilar eʼtiboriga havola qilgan.

«The Evening Standards»  gazetasiga 1827 yilda asos solingan. Ushbu nashr faqat tunda mushtariylarga tarqatiladi. Ayni paytda gazetaning kundalik adadi qariyb 700 ming nusxani tashkil etadi.

Mavzuga oid

Belgiyaning yirik media kompaniyasi O‘zb...

O‘zbekiston turizm salohiyatini jahon hamjamiyatiga keng namoyon qilish orqali respublikag...

Fransiyada turizmning pandemiyadan keyin...

O‘zbekiston va Fransiya turoperatorlari ishtirokida “Pandemiyadan keyingi turizm: yevropal...

O‘zbekiston turizm salohiyati xalqaro an...

O‘zbekiston elchixonasi mamlakatimiz Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi T...

So`nggi yangiliklar