Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2022   Jamiyat

«Bu mening Konstitutsiyam» portali ishga tushirildi

TOSHKENT, 27-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati yangiliklari va fuqarolardan taklif qabul qilish platformasi, Meningkonstitutsiyam.uz portali, Telegram-bot va koll-markaz ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri


Konstitutsiyaviy komissiya  matbuot xizmati maʼlumotiga, portalda Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha taklif qoldirish uchun elektron hukumatning yagona avtorizatsiya tizimi – id.egov.uz orqali kirish zarur bo‘ladi. Yuborilgan takliflar ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqdan o‘tgani muhokama uchun eʼlon qilinadi.

Shuningdek, takliflarni Telegram orqali meningkonstitutsiyam bot boti ko‘magida, shuningdek, 1344 raqamiga telefon qilish orqali ham yuborish mumkin.

Telegram-bot va koll-markaz orqali yuborilgan takliflar portalda eʼlon qilinmaydi, lekin takliflar statistikasiga qo‘shiladi.

Quyidagi takliflar inobatga olinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi:

-Konstitutsion ishchi guruhi vakolatlariga kirmaydigan;

-shaxsiy ehtiyoj yoki shikoyatdan iborat bo‘lgan;

-tuhmat yoki bo‘htondan iborat bo‘lgan;

-jamoat tartibini, aholi salomatligi va xavfsizligini taʼminlashga doir favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risidagi;

-O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini o‘zgartirish to‘g‘risidagi;

-mavjud konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga daʼvatlar;

-jamiyatning axloqiy qadriyatlariga putur yetkazadigan, fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini poymol qiladigan;

-urush, zo‘ravonlik, shafqatsizlikni targ‘ib qilish, elatlararo, irqiy, diniy adovat, ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi;

-terrorchilik harakatlarini sodir etishga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy va o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishga daʼvat qilishga doir.

Mavzuga oid

Pandemiya davridagi O‘zbekiston xalqi ji...

Polshaning “SIEWIE.TV - Sieradzkie News Television” televizion portalida jurnalist R.Voyta...

TICA bilan hamkorlik davom etadi

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasida (DSQ) Turkiya hamkorlik va muvofiqlashti...

Xitoyda bo‘lib turgan yoki ushbu davlatg...

O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi xabar...

So`nggi yangiliklar