Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Sentabr/2022   Vatandoshlarimiz

Bosh konsulxona xodimlari Yekaterinburgning Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash muassasasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

YEKATERINBURG, 27-sentabr. /“Dunyo” AA/. Bosh konsulxona xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Yekaterinburgdagi Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash muassasasida (XFVSM) bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


XFVSM rahbari, podpolkovnik M.Pilayev bilan kechgan muloqot davomida ushbu muassasada saqlanayotgan vatandoshlarimiz holati, yashash sharoitlari muhokama qilindi.

Diplomatlar ushbu muassasada vaqtinchalik saqlanayotgan 46 nafar O‘zbekiston fuqarolari bilan alohida suhbatlashishdi. Muloqot chog‘ida fuqarolarimizning aksariyati Rossiyada bo‘lish tartib-qoidalarini buzganligi sababli ushbu muassasaga keltirilganligi maʼlum bo‘ldi.

Vatandoshlarga sud qarori asosida «Rossiyadan chiqarib yuborish» chorasi qo‘llanilganida O‘zbekistondan Rossiyaga qaytib kirib kelishdan oldin Rossiya IIVning internetdagi veb-sahifasi orqali ularga nisbatan ushbu mamlakatga kirish uchun qo‘yilgan cheklov muddatini aniqlash lozimligi tushuntirildi.

Bundan tashqari, fuqarolarimizga Sud ijrosi federal xizmatining veb-sahifasi orqali Rossiyada fuqarolarimizning qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish imkoni mavjudligi bo‘yicha ham maʼlumot berildi.

Uchrashuvda fuqarolarimizga O‘zbekistonda mamlakat rahbariyati tomonidan mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar, xorijdan Vatanga qaytgan hamyurtlarimizni ish bilan taʼminlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish  bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi.

Mavzuga oid

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligin...

Joriy yil 14-15 mart kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining masʼul xodimlari ...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchi...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan “Oltin daftar”ga kiritilgan, Janubiy Korey...

Yaponiyadagi vatandoshlar o‘rtasida mini...

Tokiodagi «Rinkai Ball Field» stadionida vatandoshlar o‘rtasida O‘zbekistonning Yaponiyada...

So`nggi yangiliklar