Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Yanvar/2023   Prezident

Birinchi Prezident xotirasi yodga olindi

TOSHKENT, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun  Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


30 yanvar, Toshkent shahri. Anʼanadagidek, Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga keng jamoatchilik yig‘ildi, deb maʼlumot bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.

El fidoyilarini unutmaslik, yaxshi ishlarini eslash va qadrlash millatning millatligini ko‘rsatadigan jihat. Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat, ham fazilatdir.

Marosimda ana shunday ehtirom namoyon bo‘ldi. Qurʼon oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz manfaati yo‘lidagi tarixiy ishlari, olijanob xislatlari yodga olindi.

Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.  

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston metallurg...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti va sanoat loyihalari bilan tanishish maqsa...

O‘zbekiston Prezidenti: Yangi O‘zbekisto...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikn...

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ko‘...

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish masalalarini mu...

So`nggi yangiliklar