Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

AQSHdagi vatandosh: Uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini qatʼiy belgilash va aholining turli qatlamlari bilan manzilli ishlash taraqqiyot mezonidir

NYU-YORK, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. AQSHning “Morgan Stanley” investitsion banki moliya masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Oybek Fozilov mamlakatimizda keng muhokama qilinayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni quyidagicha sharhladi:


– O‘zbekiston Respublikasini istiqbolda barqaror rivojlantirish, xususan, xalqimiz xayotida muxim o‘rin tutgan sohalarda davlat siyosatini zamonaviy yondashuvlar asosida yuritish va doimiy takomillashtirib borish o‘ta zarur.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishi, avvalambor, tarbiya va muhit bilan bevosita bog‘liqdir. Shundan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish o‘zbekistonlik ziyolilar zimmasidagi masʼuliyatli vazifa, deb bilaman.

Har bir taklif katta ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, vatandoshlarimizdan dunyoning qaysi bir davlatida yashashidan qatʼiy nazar, Konstitutsiya loyihasini muhokama qilish jarayonida faol ishtirok etishga hamda mulohazalar yuritishga, qolaversa tashabbus ko‘rsatishga chorlayman.

Mavzuga oid

Isroildagi vatandosh: O‘zbekistonda nogi...

Isroilda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Madina Adiyeva

Yaponiyada O‘zbekistondagi konstitutsiya...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya a...

Sodiq Safoyev: Konstitutsiyaga kiritish ...

Janubiy Koreyaning «The Korea Times» gazetasida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining ...

So`nggi yangiliklar