Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Mart/2021   Jamiyat

Antoniu Guterrish: Internetda odamlarni firibgarlik va haqoratlardan huquqiy himoya qilish mexanizmlarini yaratish vaqti keldi

TOSHKENT, 9-mart. /“Dunyo” AA/. «BMT yangiliklari» portaliga ko‘ra, jahonda har kuni millionlab odamlar kiberjinoyatlar qurboniga aylanmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo muxbiri.


Ushbu masala jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha BMT Kongressi 14-sessiyasining mavzularidan biriga aylandi. Unda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokchilarga murojaat yo‘lladi.

«Jinoyatchilar o‘zlarining noqonuniy harakatlarini amalga oshirish uchun yangi texnologiyalardan, shu jumladan, virtual makondan keng foydalanayapti. Kiber olam qonuniy tartibga solinmaganligi u yerda sodir etilgan jinoiy harakatlar miqyosining o‘sishiga olib kelmoqda», - dedi Antonio Guterresh. Uning qo‘shimcha qilishicha, qonun chiqaruvchilar yangi voqeliklarni hisobga olishi va internetda odamlarni firibgarlik va talon-taroj qilishdan, dezinformatsiya va haqoratlardan huquqiy himoya qilish mexanizmlarini yaratishi kerak.

Yakshanba kuni Kioto shahrida BMTning jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha Kongressi o‘z ishini boshladi. Bunday kongresslar har besh yilda  o‘tkaziladi. 14-sessiya 2020-yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya sababli qoldirildi.

Yig‘ilish delegatlari tomonidan Kioto deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda jinoyatchilikning oldini olish va ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilgan. BMT rahbari ularning Barqaror rivojlanish maqsadlari va dunyoda tobora kuchayib borayotgan tengsizlik mavzusiga nisbatan adolat holatini muhokama qilishga tayyorligini mamnuniyat bilan qabul qildi.

BMTning jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha Kongressi hukumat vakillari, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar va jinoiy sud ekspertlari uchun dunyodagi eng yirik forumdir. Ushbu uchrashuvlar transmilliy uyushgan jinoyatchilikning global tahdidiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti belarus xalqiga d...

O‘zbekiston Prezidenti belarus xalqiga do‘stona yordam yubordi

«Umra – 2022» mavsumini amalga oshirish ...

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov kecha Saudiya A...

O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning sarato...

Onkologiya kasalliklari diagnostikasi va ularni davolash sohasida tajriba almashish maqsad...

So`nggi yangiliklar