Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   Ta'lim

Abituriyentlar diqqatiga: IELTS imtihonlariga onlayn tayyorlanish va sertifikat olish mumkin

BRYUSSEL, 18-may. /«Dunyo» AA/. Vatandoshlar o‘rtasida ommabop bo‘lgan O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi huzuridagi missiyasi va Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasining telegram-kanali IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun bepul onlayn kursning elektron pochta manzilini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Kanal maʼlumotlariga ko‘ra, Kvinslend (Avstraliya) universitetining onlayn kursi IELTS  imtihonlari uchun mustaqil tayyorlanishning barcha jihatlarini qamrab olgan (tinglash, gapirish, o‘qish va yozish). Kvinslend universiteti IELTS test markazlaridan biri hisoblanadi.

Dastur doirasida 80 soatlik interaktiv materiallar (videofilmlar va mashq vazifalari) taqdim etiladi. Ularni  xohishga qarab bajarish mumkin.

Barcha darslar bepul (agar onlayn taʼlim olganlik haqidagi sertifikat kerak bo‘lsa, 99 dollar to‘lanadi).

O‘qish muddati - 8 hafta.

Mavzuga oid

AQSH elchisi poytaxtimizda qurilayotgan ...

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod ...

O‘zbekiston va Misr oliy ta’lim muassasa...

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida Farg‘ona politexnika instituti va Misrnin...

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ta...

O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Nursulton shahrida kecha Qozog‘iston ta’li...

So`nggi yangiliklar